"Silsila Kunuz" "سلسلة كنوز"
Arab tilini quruq qoidalar va eskirgan metodlarsiz, birinchi darsdanoq gapirish va tinglash orqali oson oʻrganing! Boshlab yarim yoʻlda tashlab ketganlar va tilni mukammal oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun eng toʻgʻri tanlov.
Qisqacha
| Ko'rsatkich | Ma'lumot |
|---|---|
| Narx | Bepul |
| Darslar | 29 ta dars, 3 bo'lim |
| Daraja | boshlang'ich |
| Yo'nalish | Arab tili |
| O'qituvchi | Ustoz Muhammad Umar |
| Kursga kiradi | Video darslar, Uy vazifalari, Testlar, Sertifikat |
Kurs haqida
Biz sizga butun dunyoda tan olingan, xalqaro CEFR standarti asosida yaratilgan eng zamonaviy darslik — "Silsila Kunuz" (سلسلة كنوز) dasturini taklif etamiz. Ushbu kurs an'anaviy darsliklardan mutlaqo farq qilib, tilni sizga xuddi ona tilingizdek tabiiy va oson singdiradi.
Bu darslik o'zbek talabalari uchun hali yangi bo'lsa-da, bugungi kunda arab tilini o'rgatish bo'yicha eng samarali dasturlardan biri hisoblanadi. Nima uchun aynan "Silsila Kunuz"?
- To'rtta ko'nikma barobar rivojlanadi
Biz faqat matn tarjima qilib, qoida yodlamaymiz. Birinchi darsdanoq Gapirish, Tinglash, O'qish va Yozish ko'nikmalarini birgalikda rivojlantiramiz.
Jonli va zamonaviy til
Aeroport, texnologiyalar, ta'lim, biznes va kundalik hayotda ishlatiladigan eng dolzarb so'z va iboralarni o'rganasiz.
Grammatika endi qiyin emas
Qoidalar zerikarli jadvallar bilan emas, jonli suhbatlar va qiziqarli matnlar ichiga singdirilgan holda juda oson o'rgatiladi.
- Diniy manbalarga mustahkam poydevor
Kursning yuqori bosqichlarida Islom tarixi, madaniyati va akademik mavzular qamrab olingan. Siz Qur'on, hadis va shar'iy kitoblarni nafaqat tarjima qilishni, balki ulardagi betakror adabiy go'zallikni (balog'atni) his qilishni boshlaysiz.
Kurs kimlar uchun?
- Arab tilini noldan, eng to'g'ri va zamonaviy metodika bilan o'rganmoqchi bo'lganlarga
- Ilgari arab tilini boshlab, qiyinchiliklar tufayli yarim yo'lda tashlab qo'yganlarga
- Arab tilida nafaqat o'qishni, balki erkin gapirishni va eshitganini tushunishni xohlovchilarga
- Kelajakda diniy va akademik manbalarni asl nusxada o'qish uchun mukammal poydevor yaratmoqchi bo'lganlarga
Kurs yakunida natija:
Siz quruq yodlangan qoidalar to'plamiga emas, balki jonli va amaliy til boyligiga ega bo'lasiz. Arab dunyosida qiynalmay muloqot qila oladigan, xalqaro sertifikatlar olishga tayyor va diniy-ilmiy adabiyotlar eshigini ochadigan mustahkam bilim bazasini shakllantirasiz.
- "Eski metodlarni unuting. Arab tilini zamonaviy va zavqli tarzda o'rganish vaqti keldi!"
Kurs tuzilishi
- Men oilamni yahshi ko'raman- أحب أسرتي (10 ta dars)
- Maktab-المدرسة (10 ta dars)
- 3 bo'lim .Bu bizning uyimiz. (9 ta dars)
Qanday boshlash mumkin
Kursga yozilish va darslarni ko'rish: Silsila Kunuz. Boshqa kurslar: Barcha kurslar. Saytga kiring.
Savol-javob
Silsila Kunuz nima?
Arab tilini quruq qoidalar va eskirgan metodlarsiz, birinchi darsdanoq gapirish va tinglash orqali oson oʻrganing! Boshlab yarim yoʻlda tashlab ketganlar va tilni mukammal oʻrganmoqchi boʻlganlar uchun eng toʻgʻri tanlov.
Kursda nechta dars bor?
29 ta dars, 3 bo'lim.
Kurs bepulmi?
Ha, bu kurs bepul.
Kursni kim o'qitadi?
Ustoz Muhammad Umar.
Kurs qaysi daraja uchun?
Daraja: boshlang'ich.
Kursga nimalar kiradi?
Video darslar, Uy vazifalari, Testlar, Sertifikat.